So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  11 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

Rasman: Predrag Rogan - Dinamo bosh murabbiyi Yangiliklar

Rasman: Predrag Rogan - Dinamo bosh murabbiyi

Teglar :  DinamoPredrag Rogan
2022 yilgi Superliga yangi mavsumi oldidan Dinamo jamoasi murabbiylar shtabida o'zgarish yuz berdi.

Samarqand viloyati hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti Erkinjon Turdimov hamda klub bosh homiysi «Agromir Buildings» taklifiga ko'ra, «Dinamo» PFK jamoasi bosh murabbiyligiga xorijlik mutaxassis taklif etildi. Serbiyalik Predrag Rogan «Dinamo» klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. 47 yoshli mutaxassis bilan bir yillik shartnoma imzolandi. Serbiyalik murabbiy tez orada klub mashg'ulotlariga kelib qo'shiladi.

SHuningdek, yugoslaviyalik sobiq futbolchi, so'nggi yillarda Serbiya yoshlar jamoasida (U-19) murabbiy sifatida faoliyat yuritgan Ivan Yevich «Dinamo» klubida Predrag Roganga yordamchi murabbiy sifatida ish boshladi. 46 yoshli mutaxassis jamoa mashg'ulotlarida qatnashmoqda.

Malumot uchun, Predrag Rogan 1974 yilning 2 avgust kuni Serbiyada tug'ilgan. UEFAning «Pro» licenziyasiga ega mutaxassis 2011 yildan buyon murabbiylik faoliyatini yuritib kelmoqda. Xususan, u Serbiyaning «Rad» (2011 yil), «FK Palich» (2013), «Zemun» (2014), «Machva» (2015), «Bachka Topola» (2018), «Spartak Subotnica» (2018), «Napredak» (2019), «Uypesht» (Vengriya, 2020) jamoalarini boshqargan. So'nggi 2021 yilda esa Serbiya Superligasi vakili «Vojvodac» klubini boshqargan.

«Dinamo» klubi 5 yanvardan buyon Samarqandda yangi mavsumga tayyorgarlikni olib bormoqda. Jamoa bir qator futbolchilar bilan muzokara o'tkazmoqda.

Eslatib o'tamiz, 28 dekabrda saytimizda "Eshitdik-da!" rukni orqali Predrag Roganning samarqandliklar bosh murabbiyiga aylanganini malum qilgandik.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика