RASMAN: Pioli "Milan" bilan shartnoma muddatini uzaytirdi
26 noy 2021 20:53
Yangiliklar
RASMAN: Pioli "Milan" bilan shartnoma muddatini uzaytirdi
Stefano Pioli "Milan"ni boshqarishda davom etadi.
56 yoshli italiyalik mutaxassis bilan shartnoma 2023 yilning yoziga qadar uzaytirildi.
SHartnoma hamkorlikni yana bir yilga uzaytirish variantini nazarda tutadi.
Xabar qilinishicha, yangi shartnomaga ko'ra, Pioli Milanda yiliga 3,5 million evro ishlab oladi.
Pioli 2019 yilda "Milan"ni qabul qilib, jamoani CHempionlar ligasiga olib chiqdi. Murabbiy qo'l ostidagi 106 o'yinda "rossonerlar" 59 marta g'alaba qozongan, 27 durang va 20 mag'lubiyat qayd etgan.
Joriy mavsum A Seriyaning 13-turidan so'ng "Milan" 32 ochko jamg'arib, "Napoli"dan faqat qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha ortda qolgan holda ikkinchi o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar