Rasman: Payet faoliyatini yakunladi
23 mar 13:52
Yangiliklar
Rasman: Payet faoliyatini yakunladi
38 yoshli futbolchi Braziliyaning "Vasko da Gama" jamoasida o'ynaganidan keyin 9 oy davomida klubsiz yurdi. U butsalarini mixga ilayotgani haqidagi bayonotni "Marsel" va "Lill" o'rtasidagi Liga 1 uchrashuvining tanaffusida malum qildi.
Payet faoliyati davomida uni qo'llab-quvvatlagan barchaga minnatdorlik bildirdi.
"Men barchangizga rahmat aytmoqchiman — men bilan bu 20 yilni o'tkazgan har bir shaxsga. Bu alohida ahamiyatga ega edi.
Men oroldanman va mening orzum professional futbolchi bo'lish edi. Men buni amalga oshirdim va 20 yil davomida eng yuqori darajada o'ynadim. Milliy terma jamoa sharafini ham himoya qildim va bugun esa ajoyib yo'l poyoniga etmoqda".
Payet "Lill", "Marsel", "Vest Xem" klublari va Franciya terma jamoasidagi faoliyati orqali tanilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Нефтчи" захирадан тушганларнинг самарали ҳаракатлари эвазига "Локомотив"дан устун келди
ЛаЛига. Араухонинг голи "Барселона"га уч очко келтирди
Суперлига. Икки гол бекор қилинган ва уч пенальти белгиланган ўйинда "Пахтакор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этди
Англия Лига кубоги. "Манчестер Сити" "Арсенал"ни мағлуб этди, Ҳусанов Англиядаги илк совринини ютди!
Fikrlar