Rasman: "Kattaqo'rg'on" Gruziya chempioni transferini elon qildi
23 mar 12:57
Yangiliklar
Rasman: "Kattaqo'rg'on" Gruziya chempioni transferini elon qildi
Pro ligada yuqori marralarni ko'zlagan jamoa tarkibiga yana bir tajribali legioner kelib qo'shildi.
1994 yilda tug'ilgan hujumchi Georgiy Panculaya bilan mavsum oxirigacha mo'ljallangan kelishuvga erishildi.
Gruziya chempionatining o'tgan mavsumida 17 gol bilan to'purarlar reytingida 2-o'rinni egallagan Panculaya turli yillarda "Torpedo" Kutaisi, "Dinamo" Batumi hamda Qozog'istonning "Kaspiy" va "Jenis" klublari sharafini himoya qilgan.

Faoliyati davomida 300 dan oshiq rasmiy uchrashuvda maydonga chiqqan futbolchi "gol+pas" tizimida 150 ochkolik dovonni zabt etgan.
Qayd etish joiz, 32 yoshli forvard 2020/21 yilgi mavsum "Dinamo" Batumi bilan chempionlikni qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar
18:32
Saliba jarohat oldi – Franciya terma jamoasida uning o'rnini APLdagi boshqa bir futbolchi egallaydi 0
championat.asia
Суперлига. "Нефтчи" захирадан тушганларнинг самарали ҳаракатлари эвазига "Локомотив"дан устун келди
ЛаЛига. Араухонинг голи "Барселона"га уч очко келтирди
Суперлига. Икки гол бекор қилинган ва уч пенальти белгиланган ўйинда "Пахтакор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этди
Англия Лига кубоги. "Манчестер Сити" "Арсенал"ни мағлуб этди, Ҳусанов Англиядаги илк совринини ютди!
Fikrlar