So’nggi yangiliklar

18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  3 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  1 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  3 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  10 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2

Rasman: O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 1 sentyabr kuni navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlaydi Yangiliklar

Rasman: O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 1 sentyabr kuni navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlaydi

Vakillarimiz 2024 yili Qatarda bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo Kubogining saralash bosqichida ishtirok etishadi.

Toshkent shahrida o'tkaziladigan mazkur bosqich o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish maqsadida 28 nafar futbolchi yig'inga chaqirildi. 

Futbolchilar ro'yxati bilan tanishing.

Darvozabonlar: Hamidullo Abdunabiev ("Olimpik"), Vladimir Nazarov ("Neftchi"), Abduvohid Nematov ("Nasaf"), Otabek Boymurodov ("Paxtakor").

Himoyachilar: Asadbek Rahimjonov ("Olimpik"), Abduqodir Husanov ("Lans", Franciya), Mahmudjon Mahamadjonov ("Bunyodkor"), Alibek Davronov ("Nasaf"), Saidazamat Mirsaidov ("Olimpik"), Odilbek Abdumajidov ("Olimpik"), Ibrohimhalil Yo'ldoshev ("Pari NN", Rossiya), Sunnatilloh Hamidjonov ("Surxon"), Zafarmurod Abdirahmatov ("Nasaf"), Muhammadqodir Hamraliev ("Paxtakor").

Yarim himoyachilar: Ibrohim Ibragimov ("Olimpik"), Abdurauf Bo'riev ("Olimpik"), Umarali Rahmonaliev ("Rubin", Rossiya), Abbosbek Fayzullaev (CSKA, Rossiya), Jasurbek Jaloliddinov ("Olimpik"), Behruz Asqarov ("Paxtakor"), Diyor Xolmatov ("Paxtakor").

Hujumchilar: Alisher Odilov ("Olimpik"), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Husayn Norchaev ("Alaniya", Rossiya), Po'latxo'ja Xoldorxonov ("Paxtakor"), Ulug'bek Hoshimov ("Neftchi"), Ruslanbek Jiyanov ("Pari NN", Rossiya), Otabek Jo'raqo'ziev ("Olimpik").

Eldor Begimov ("Olimpik"), Behzod SHamsiev ("Surxon") va SHahzod Akramov ("Olimpik") yakuniy ro'yxatdan tushib qoldi.

Malumot uchun, O'zbekiston OTJ saralash bosqichi "E" guruhida Afg'oniston, Gonkong va Eron bilan bahs yuritadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика