Rasman: Odiljon Hamrobekov - “Navbahor” futbolchisi!
30 jan 2024 23:17
Yangiliklar
Rasman: Odiljon Hamrobekov - “Navbahor” futbolchisi!
Tajribali yarim himoyachi Odiljon Hamrobekov “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi.
"Hamrobekov futbolchilik faoliyati davomida “Nasaf” (Qarshi, 2013-2018 yillar), “Paxtakor” (Toshkent, 2019-2021 yilning 2-davrasi – 2023 yillar), “SHabab Al-Ahli” (Dubay, BAA, 2021 yilning 1-davrasi) jamoalarida o'ynagan.
Odiljon Hamrobekov o'tgan mavsumda “Paxtakor” tarkibida barcha musobaqalarda jami 30 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan holda, 1 ta golga assistentlik qilgan.
Yarim himoyachi 2017 yildan buyon O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi va ayni paytda Qatarda bo'lib o'tayotgan Osiyo kubogi – 2023 musobaqasida terma jamoamiz sharafini munosib himoya qilmoqda", - deb yoziladi klub bayonotida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar