Rasman: No'mon Hasanov “Qo'qon-1912” bosh murabbiyi!
11 iyu 2016 12:55
Yangiliklar
Rasman: No'mon Hasanov “Qo'qon-1912” bosh murabbiyi!
“Qo'qon-1912” jamoasining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda Qo'qon shahar hokimi Abdullaev Akramjon Anorqulovich, viloyat hokimligi vakili Turdimatov Marufjon Rahmonovich hamda klub azolari ishtirok etishdi.
Yig'ilish kun tartibida bosh murabbiy masalasi ko'rib chiqildi. Unga ko'ra, Qo'qon futboli tarbiyalanuvchisi, o'zbek futbolining afsonalaridan biri No'mon Hasanov “Qo'qon-1912” jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi.

No'mon Nurmatovich bugun birinchi mashg'ulotini o'tkazdi.
No'mon Hasanov uchun “Qo'qon-1912” jamoasi begona emas. 2003 yilda No'mon Hasanov jamoamizda o'ynovchi murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.
Yangi bosh murabbiyning ishlariga omad tilab qolamiz.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar