Rasman: "Neftchi" Jasur Jaloliddinov jamoani tark etganini elon qildi
23 okt 2024 14:55
Yangiliklar
Rasman: "Neftchi" Jasur Jaloliddinov jamoani tark etganini elon qildi
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi sardori Jasur Jaloliddinov "Neftchi" klubini tark etdi.
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Yarim himoyachi farg'onaliklar safiga qishda borib qo'shilgan edi.
"Jasur Jaloliddinovga ahil jamoamiz nomidan kelajakdagi faoliyatida omad yor bo'lishini, jamoamiz ravnaqi yo'lida qo'shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz", - deb yozilgan klub bayonotida.
"Championat.asia" malumotiga ko'ra, Jaloliddinov faoliyatini tez orada Ozarbayjonning "Sumgayit" klubida davom ettirishi mumkin.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar