So’nggi yangiliklar

15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  0 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  0 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  6 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  5 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  1 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1

Rasman: "Nasaf" strukturasida o'zgarish bo'ldi Yangiliklar

Rasman: "Nasaf" strukturasida o'zgarish bo'ldi

Bugun “Nasaf” futbol klubida jamoa prezidenti, SHo'rtan gaz-kimyo majmuasi direktori SHuxrat Aslanov boshchiligida tahliliy va tanqidiy ruhda yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilish davomida jamoaning hozirgacha erishgan yutuqlari va yo'l qo'yilgan kamchiliklar muhokama qilindi.

Majlis davomida klub rahbariyatida ham o'zgarish bo'ldi. SHu kunga qadar klub direktori sifatida faoliyat olib borga Sergey Kucherenko o'rniga Yusupov Alisher Ismailovich tayinlandi.

Alisher Yusupov hozirga qadar SHo'rtan gaz-kimyo majmuasi tijorat departamentida mehnat faoliyatini olib borgan. Rus va ingliz tillarini mukammal biladi.

Sergey Kucherenko — “Nasaf” futbol klubi bosh direktori birinchi o'rinbosari, sport direktori vazifasida faoliyatini davom ettirib, futbol maktabi, turli yoshlardagi ayollar va erkaklar futbol jamoalarini muvofiqlashtirish, sport masalalariga javob beradi.

O'zingizga malum, “Nasaf” nafaqat yurtimizda balki xalqaro maydonda ham o'z o'rniga ega jamoa. SHu o'rinda klub prezidenti Alisher Yusupovga “Nasaf” futbol klubini xalqaro nufuzini oshirish, tijoriy faoliyatini samarali yo'lga qo'yish, muxlislar bilan yanada yaxshi ishlash kabi vazifalarni belgilab berdi.

Yusupov Alisher Ismailovich haqida qisqacha malumot:

Tug'ilgan joyi
: O'zbekiston
Millati: o'zbek
Tug'ilgan yili: 06.03.1985
Malumoti: Oliy

"Nasaf" futbol klubi matbuot xizmati



⚡️ Eshitdik-da! "Nasaf" bosh menejeri Sergey Kucherenko o'z lavozimini tark etdi        

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика