Rasman: "Nasaf" himoyachisi "Navbahor"ga o'tdi
06 jan 2020 18:28
Yangiliklar
Rasman: "Nasaf" himoyachisi "Navbahor"ga o'tdi
O'tgan mavsumni Qarshining "Nasaf" klubida o'tkazgan himoyachi Xurshid Muxtorov Namanganning "Navbahor" jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
Mazkur futbolchi 1994 yilning 9 fevralida Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida tug'ilgan. Futbol bilan 9 yoshidan shug'ullana boshlagan.
Muxtorov shu kungacha "Guliston" (Guliston, 2013 yil), "So'g'diyona" (Jizzax, 2014 yil), "Lokomotiv" (Toshkent, 2015-2016 yillar), "Olmaliq" (Olmaliq, 2017-2018 yillar) va "Nasaf" (Qarshi, 2019 yil) klublarida to'p tepgan.

Xurshid Muxtorov 2020 yilda "lochinlar" sharafini himoya qiladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Fikrlar