Rasman: MYUning sobiq himoyachisi faoliyatini yakunladi
30 apr 2019 20:11
Yangiliklar


Rasman: MYUning sobiq himoyachisi faoliyatini yakunladi
Himoyachi Jon O'shi bugun butsasini mixga ilganligi haqida elon qildi.
Etiborlisi, irlandiyalik futbolchi bugun o'zining 38 yoshini qarshi oldi va rasman faoliyatiga yakun yasagani borasida malumot berdi.
O'z vaqtida O'shi "Bornmut" (2000), "Antverpene" (2001), "Manchester Yunayted" (1999-2011), "Sanderlend" (2011-2018) va "Reding" jamoalarida harakat qilgan va 5 marotaba Angliya chempioni bo'lgan.
SHuningdek, Jon O'shi Irlandiya terma jamoasi safida 118ta o'yinda maydonga tushgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar