Rasman: MYUning sobiq himoyachisi faoliyatini yakunladi

30 apr 2019, 20:11
Himoyachi Jon O'shi bugun butsasini mixga ilganligi haqida e'lon qildi.

E'tiborlisi, irlandiyalik futbolchi bugun o'zining 38 yoshini qarshi oldi va rasman faoliyatiga yakun yasagani borasida ma'lumot berdi. 

O'z vaqtida O'shi "Bornmut" (2000), "Antverpene" (2001), "Manchester Yunayted" (1999-2011), "Sanderlend" (2011-2018) va "Reding" jamoalarida harakat qilgan va 5 marotaba Angliya chempioni bo'lgan.

Shuningdek, Jon O'shi Irlandiya terma jamoasi safida 118ta o'yinda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: manutd.com