So’nggi yangiliklar

09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  0 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  4 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  0 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  5 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  9 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  31 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  1 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4

Rasman: Mo'minjonov va Ahmedov kelishib olishdi FOTO Yangiliklar

Rasman: Mo'minjonov va Ahmedov kelishib olishdi FOTO

So'nggi kunlarda “Navbahor” jamoasi OAV va futbol jamoatchiligining asosiy mavzusiga aylandi desak xato bo'lmaydi.

Barchaga malumki, joriy yilgi mavsumda “Navbahor” jamoasi katta maqsadlarni ko'zlagan holda Superligadagi ishtirokini boshlagandi. CHempionlik uchun kurashishni maqsad qilgan jamoaning natijalari ijobiy ko'rinish olib, Namanganga yana katta futbol qaytdi. Bunga misol tariqasida Namangandagi o'yingohni har bir turda deyarli muxlislar bilan to'lib toshganligini keltirib o'tish joiz. Superliga ikkinchi bosqichi oldidan “Navbahor”ni peshqadamlikni qo'lga olganligi jamoaning niyatlarini yanada ulkan ekanligini ko'rsatib berdi.

Yuqori o'rinlar uchun kurashadigan jamoalarni esa doimo futbol jamoatchiligi diqqat markazida turishi ham tabiiy hol. Aynan shunday sharoitda har qanday OAV nashri yoki internet saytlari jamoaga oid bo'lgan har qanday kichik xabarni ham omma etiboriga katta mavzu sifatida tarqatishga urinadi. Bundan bir necha kun oldin jamoa futbolchisi Ro'zimboy Ahmedovning yaqin insonlaridan biriga aytgan gaplari ijtimoiy tarmoqlarda tarqab ketdi. SHundan so'ng Ahmedovning aytgan gaplari rasmiy internet saytlarida omma etiboriga havola etildi. SHu bahona Ahmedov va “Navbahor” katta mavzuga aylandi.

Klub atrofidagi gap-so'zlar ko'payib ketgach, Namangan viloyat futbol associaciyasida jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilar o'rtasida yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti Xayrulla Hayitbaevich Bozarov, viloyat futbol associaciyasi vice-prezidenti SHamshod Ergashevich Sarikovlar ham ishtirok etishdi. Yig'ilishda jamoa haqida tarqatilayotgan malumot va xabarlar muhokama qilindi. Superligada yuqori o'rinlar uchun kurashayotgan jamoa uchun chetdan turli xil axborot xurujlarini amalga oshirilishiga etibor qaratmaslik kerakligi takidlandi. Turli darajadagi bo'xton va yolg'on xabarlar futbolchilarning maydondagi harakatlarini salbiy tasir ko'rsatishi tufayli bu kabi axborot xurujlariga uchmaslik muhim ekanligi etirof etildi.

Yig'ilishda so'z olgan jamoa bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov ham OAVga bergan interyusiga ham oydinlik kiritib o'tdi. Yani Mo'minjonov klub rahbariyati bilan yaxshi munosabatda ekanligini, xususan klub prezidenti SHavkat SHokirdjanovich Abdurazzoqov va viloyat futbol associaciyasi vice-prezidenti SHamshod Ergashevich Sarikovlar bilan ham yaxshi munosabatda ekanligini aytib o'tdi. Aytgan gaplarini esa ehtirosga berilib ketganligi bilan izohladi.

Yig'ilish davomida jamoa futbolchisi Ro'zimboy Ahmedov ham so'zga chiqib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan gaplari yuzasidan izoh berib o'tdi. Futbolchi o'ziga yaqin bo'lgan kishilardan biriga murabbiy uni maydonga tushirmayotganligi sababli alam ustida aytganligini gapirib, yig'ilish qatnashchilaridan uzr so'radi. SHu bilan birgalikda Ro'zimboy Ahmedov bosh murabbiy Ilhom Mo'minjonovni har qanday o'yindan oldin jamoani faqat g'alabalar sari chorlaganligini etirof etib, yolg'on malumotlar uchun bosh murabbiydan ham uzr so'radi.

"Navbahor" PFK matbuot xizmati


Reyting: -143   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика