Rasman: Mirko Yelichich – “Lokomotiv” bosh murabbiyi
27 noy 2015 12:31
Yangiliklar


Rasman: Mirko Yelichich – “Lokomotiv” bosh murabbiyi
Yakuniga etgan chempionatdan so'ng “Lokomotiv” futbol klubi rahbariyati jamoamiz murabbiylar shtabida faoliyat yuritib kelgan Mirko Yelichichni rasman bosh murabbiy etib tayinladi. Avstraliyalik mutaxassis jamoani bo'lajak o'yinlarga tayyorlaydi va klub natijalari natija uchun endilikda u javobgar bo'ladi.
Mirko Yelichich bungacha asosiy tarkib murabbiylar shtabida ishlab kelayotgandi. Endilikda yangi futbolchilar uning qaroriga ko'ra tanlab olinadi. Yelichichga murabbiylar shtabida Andrey Miklyaev yordam beradi. Darvozabonlar bilan esa odatdagidek Pyotr Gizimchuk ishlaydi.
Mavsum yakunlangach, ko'pchilik “Lokomotiv”ga endi kim bosh murabbiy bo'larkin deya qiziqib ko'rgan, hatto bu borada bazi nomzodlar nomi ham ilgari surilgandi. Biroq klubimiz rahbariyati Mirko Yelichiga ishonch bildirishini takidladi.
Serb millatiga mansub mutaxassis ayni paytda uyida dam olmoqda. Uning 9 dekabr kuni Toshkentga qaytib kelishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar