Rasman: "Manchester Siti"ga o'tay deb turgan Jorjino "CHelsi" bilan shartnoma tuzdi
14 iyu 2018 16:24
Yangiliklar
Rasman: "Manchester Siti"ga o'tay deb turgan Jorjino "CHelsi" bilan shartnoma tuzdi
Londonning "CHelsi" klubi bugun Mauricio Sarri yangi bosh murabbiy bo'lganini elon qilgan edi.
Biroz oldin "aristokratlar" matbuot xizmati "Napoli"da to'p tepib kelgan yarim himoyachi Jorjino bilan shartnoma imzolanganini malum qildi. 26 yoshli italiyalik londonliklar bilan 5 yillik shartnoma imzoladi va 5-raqamni oldi.
Etiborlisi, Jorjinoning "Manchester Siti"ga o'tishiga bir qadam qolgan edi. Butun dunyo OAVlari "shaharliklar" Jorjino bilan kelishuvni tez orada elon qiladi deb bong urayotgan edi.
Fikrlar