Rasman: "Los Anjeles Gelaksi" Ibragimovich klubdan ketganini elon qildi
14 noy 2019 13:15
Yangiliklar


Rasman: "Los Anjeles Gelaksi" Ibragimovich klubdan ketganini elon qildi
"Los Anjeles Gelaksi" rahbariyati hujumchi Zlatan Ibragimovichning klubdan ketganini elon qildi.
"Ibragimovichning klubimiz va MLSga qo'shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz. U 2018 yilda Los Anjelesga kelgandan so'ng ijobiy natijalar ko'rsatdi.
"Tirishqoqligi va ishtiyoqi uchun rahmat. Ibragimovichning professionalligi Los Anjeles, umuman SHimolik Amerikadagi futbol muxlislariga katta tasir ko'rsatganidan minnatdormiz", - deb "Los Anjeles Gelaksi" prezidenti Kris Klaynning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda klub matbuot xizmati.
Hujumchi Kaliforniya klubidagi 1,5 yil davomida 58ta o'yinda maydonga tushib, 53ta gol va 15ta assist qayd etdi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar