Rasman: "Los Anjeles Gelaksi" Ibragimovich klubdan ketganini e'lon qildi

Alisher
14 noya 2019, 13:15
"Los Anjeles Gelaksi" rahbariyati hujumchi Zlatan Ibragimovichning klubdan ketganini e'lon qildi.

"Ibragimovichning klubimiz va MLSga qo'shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz. U 2018 yilda Los Anjelesga kelgandan so'ng ijobiy natijalar ko'rsatdi.

"Tirishqoqligi va ishtiyoqi uchun rahmat. Ibragimovichning professionalligi Los Anjeles, umuman Shimolik Amerikadagi futbol muxlislariga katta ta’sir ko'rsatganidan minnatdormiz", - deb "Los Anjeles Gelaksi" prezidenti Kris Klaynning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda klub matbuot xizmati.

Hujumchi Kaliforniya klubidagi 1,5 yil davomida 58ta o'yinda maydonga tushib, 53ta gol va 15ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif