Rasman: "Lokomotiv" Fyodor Smolovni sotib oldi va "Instagram"da antiqa taqdimot qildi
09 avg 2018 15:31
Yangiliklar
Rasman: "Lokomotiv" Fyodor Smolovni sotib oldi va "Instagram"da antiqa taqdimot qildi
Rossiyaning amaldagi chempioni "Lokomotiv" o'z tarkibiga "Krasnodar" hujumchisi Fyodor Smolovni qo'shib olganini rasman elon qildi.
"Lokomotiv" Fyodor Smolov bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Rossiya terma jamoasi hujumchisi "Loko"da yiliga 3,1 million evro maosh oladi. Uning transferi "temiryo'lchilar"ga 9 million evroga tushgani yozilmoqda.
"Lokomotiv" klubi Fyodor Smolov transferini o'zining "Instagram"dagi sahifasida antiqa taqdimot qildi. Ijtimoiy tarmoqda "Lokomotiv" klubi matbuot xizmati futbolchini "Prostokvashinodagi tatil" multfilmidagi "Fyodor amaki" keldilar lavhasidan parcha qo'ygan holda Smolov transferini elon qildi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar