Rasman: Levchenko – "Neftchi" bosh murabbiyi!
02 iyu 2022 21:09
Yangiliklar
Rasman: Levchenko – "Neftchi" bosh murabbiyi!
Farg'onaning "Neftchi" jamoasiga Vitaliy Levchenko bosh murabbiy etib tayinlandi.
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
"Viloyat hokimi Hayrullo Bozorov yangi bosh murabbiyni tanishtirdi.
Vitaliy Levchenkoning so'nggi jamoasi Tojikistonning "Istiqlol" klubi bo'lgan. "Istiqlol" Levchenko boshqaruvida Osiyo CHempionlar Ligasi guruh bosqichida ishtirok etgandi", – deyiladi xabarda.
Malumot uchun, 50 yoshli mutaxassis iyun so'ngida "Istiqlol" bilan xayrlashgandi. "Neftchi" esa bugun Ilhom Mo'minjonovni istefoga chiqargan edi.
Eslatib o'tamiz, "Neftchi" Superligada 13 turdan so'ng 11 ochko jamg'argan holda 13-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
Ла Лига. "Бетис" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 8 та гол урилди, Торресдан хет-трик
Fikrlar