Rasman: “Lester” futbolchisi “Legiya”ga o'tdi

Eldor Akmurzayev
13 avg 2020, 21:05
“Tulkilar” yarim himoyachisi Bartosh Kapustka vataniga qaytdi.

U “Legiya” a'zosiga aylandi. Transfer summasi bo'yicha hech qanday ma'lumotlar keltirilmagan va u Polsha klubi bilan 2022 yilning yozigacha shartnoma imzoladi.

Kapustka 2016 yil “Krakoviya”dan 5 mln evro evaziga “Lester”ga transfer qilingandi. 23 yoshli xavbek asosiy jamoada atigi 3 o'yinda maydonga tushgan. Asosiy faoliyatini esa ijara asosida “Frayburg” (Germaniya) va “Aud-Xeverle” (Belgiya)da o'tkazgan edi.

Bartosh Polsha termasi safida 14 o'yin o'tkazib, 3 golni o'z hisobiga yozdirgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: lcfc.com