Polsha terma jamoasi yarim himoyachisi Kapustka "Lester"ga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
26 iyul 2016, 14:47
"Krakoviya" va Polsha terma jamoasi yarm himoyachisi Bartosh Kapustka faoliyatini "Lester Siti"da davom ettirishi mumkin.

Angliyaning amaldagi chempioni polshalik futbolchi uchun 5 mln. funtdan ko'proq mablag' to'lashga tayyor. 19 yoshli futbolchi Evro-2016da Polsha terma jamoasining to'rt uchrashuvida maydonga tushdi.

Kapustga Polsha chempionatining so'nggi mavsumida 33 uchrashuvda 4 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports