Rasman: "Lester" Ayose Peresni xarid qildi
04 iyu 2019 17:15
Yangiliklar


Rasman: "Lester" Ayose Peresni xarid qildi
Angliyaning "Lester" klubi "Nyukasl" forvardi Ayose Peresning transferini elon qildi.
25 yoshli futbolchi klub bilan 4 yilga mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Transfer narxi esa oshkor qilinmayapti.
Oldinroq, "tulkilar" ispaniyalik futbolchi uchun 30 million funt to'lashlari aytilgan edi.
Futbolchi "Nyukasl"dan oldin Ispaniyaning "Tenerife" klubida o'ynagan va shu klub tarbiyalanuvchisi sanaladi.
Qayd etish kerakki, Ayose yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 40ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 2ta assistga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar