Rasman: Laporta yana "Barselona" prezidentiga aylandi. Klub u bilan 2009 yilda 6ta sovrin yutgan
08 mar 2021 07:07
Yangiliklar


Rasman: Laporta yana "Barselona" prezidentiga aylandi. Klub u bilan 2009 yilda 6ta sovrin yutgan
Joan Laporta yana "Barselona" prezidentiga aylandi.
58 yoshli boshqaruvchi saylovda 54,28% ovoz oldi. U bu borada Fiktor Font (29,29%) va Toni Freysha (8,58%)ni ortda qoldirdi.
Laporta "Barselona" prezidentlik saylovlarida to'rtinchi bor ishtirok etdi. U 2003 yilgi savlovlarda g'alaba qozongan, 2006 yilda esa nomzodlar yo'qligi sabab ishini davom ettirgan, 2015 yilda esa Jozep Bartomeu g'alaba qozongan.
Laporta "Barselona" prezidentligida 2003-2010 yillarda bo'lgan. Bu vaqt davomida klub 4 bor La Liga, 2 bor CHempionlar Ligasi, umumiy miqdorda 12ta sovrin yutgan. "Barsa" 2009 yilda yil davomida 6ta sovrin yutgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar