Rasman: LaLiga klubi "Liverpul" himoyachisini tekinga qo'lga kiritdi
09 iyu 2019 22:15
Yangiliklar


Rasman: LaLiga klubi "Liverpul" himoyachisini tekinga qo'lga kiritdi
Liverpulda faoliyat olib borgan chap qanot himoyachisi Alberto Moreno klub bilan shartnomasi yakunlangani bois, joriy yozda erkin agent maqomiga o'tgandi.
Futbolchi bugun tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tganidan so'ng, rasman «Vilyarreal» azosi sifatida elon qilindi. Moreno va ispan jamoasi o'rtasidagi shartnomaga esa ertaga imzo chekilishi rejalashtirilgan. SHundan so'ng, u yangi klubi bilan mavsumoldi yig'inlarida qatnashadi. Qayd etilishicha, tomonlar besh yillik kelishuvga erishgan.
Avvalroq, ispaniyalik 27 yoshli futbolchi LaLiganing boshqa bir jamoasi «Sevilya» safida (2011-2014 yillar) ham harakat qilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar