Rasman: LaLiga klubi "Liverpul" himoyachisini tekinga qo'lga kiritdi

Eldor Akmurzayev
9 iyul 2019, 22:15
Liverpulda faoliyat olib borgan chap qanot himoyachisi Alberto Moreno klub bilan shartnomasi yakunlangani bois, joriy yozda erkin agent maqomiga o'tgandi.

Futbolchi bugun tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tganidan so'ng, rasman  Vilyarreal a'zosi sifatida e'lon qilindi. Moreno va ispan jamoasi o'rtasidagi shartnomaga esa ertaga imzo chekilishi rejalashtirilgan. Shundan so'ng, u yangi klubi bilan mavsumoldi yig'inlarida qatnashadi. Qayd etilishicha, tomonlar besh yillik kelishuvga erishgan. 

Avvalroq, ispaniyalik 27 yoshli futbolchi LaLiganing boshqa bir jamoasi Sevilya safida (2011-2014 yillar) ham harakat qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/VillarrealCF