Rasman: Koutino "Xoffenxaym"ga qarshi o'yin "zayavka"siga kiritilmadi
14 avg 2017 16:08
Yangiliklar
Rasman: Koutino "Xoffenxaym"ga qarshi o'yin "zayavka"siga kiritilmadi
Ertaga va indinga Evropa CHempionlar ligasi guruh bellashuvlariga saralash bahslarining so'nggi pley-off bosqichiga start beriladi.
Angliyaning "Liverpul" klubi Germaniyada "Xoffenxaym" mehmoni bo'ladi. Bugun liverpulliklarning o'yinga qaydnomasi chiqdi. Qizig'i, "Barselona" katta qiziqish bildirayotgan va klubdan o'zini transferga qo'yishlarini so'ragan Filippe Koutino nemis klubiga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilmadi.
Ertangi o'yin "Rayn-Nekkar-Arena"da bo'lib o'tsa, javob bahsi keyingi chorshanba kuni "Enfild"da o'tkaziladi.
"Liverpul"ning "Xoffenxaym"ga qarshi o'yin qaydnomasi: Aleksandr-Arnold, Moreno, Lovren, Milner, Veynaldum, Xenderson, Jan, Mane, Salax, Firmino, Kent, Solanke, Origi, Gomes, Klavan, Flanagan, Robertson, Matip, Gryujich, Minole, Karius, Uord.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar