Rasman: Jiru Los-Anjelesga o'tdi
14 may 2024 09:34
Yangiliklar


Rasman: Jiru Los-Anjelesga o'tdi
Olive Jiru yozda Evropadagi faoliyatini yakunlab, okean ortiga ko'chib o'tadi.
«Milan»dagi faoliyatimdan, bu erda erishgan natijalarim bilan faxrlanaman. Bu erdagi so'nggi o'yinlarimni o'tkazyapman, keyin esa MLSga yo'l olaman», - deydi Jiru.
L’Equipe xabariga ko'ra, 37 yoshli hujumchi «Los-Anjeles» klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzolagan. Unga ko'ra, Jiru 2025 yilning dekabr oyiga qadar kelishuvga erishgan va tomonlan shartnomani yana bir yilga uzaytirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Francuzning AQSHdagi yillik maoshi 3 million evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar