So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Rasman: JCH-2030ga Ispaniya, Portugaliya va Marokash mezbonlik qiladi. Urugvay, Paragvay va Argentina birinchi uchrashuvlarini o'z mamlakatlarida o'tkazadilar Yangiliklar

Rasman: JCH-2030ga Ispaniya, Portugaliya va Marokash mezbonlik qiladi. Urugvay, Paragvay va Argentina birinchi uchrashuvlarini o'z mamlakatlarida o'tkazadilar

Jahon chempionati tarixda birinchi bor uchta qitada o'tkaziladi.

2030 yilgi Jahon chempionati umumiy hisobda oltita mamlakatda o'tkaziladi. FIFA tashkiloti JCH-2030 mezbonligiga Ispaniya, Marokash va Portugaliya mamlakatlarini tasdiqladi. Tashkilot bu uch mamlakat taqdim qilgan umumiy loyihani  g'olib deb topdi. 

Bundan tashqari, Jahon chempionatining 100 yilligi munosabati bilan Urugvay, Argentina va Paragvay terma jamoalari birinchi uchrashuvlarini o'z mamlakatlarida o'tkazadilar. Jahon chempionatining ochilish o'yiniga Urugvay mezbonlik qiladi. 1930 yilgi Jahon chempionati aynan Urugvay mamlakatida o'tkazilgandi.

Qolgan barcha o'yinlar Ispaniya, Portugaliya va Marokash mamlakatlarida o'tkaziladi. SHu tariqa, bu Jahon chempionati uchta qitada o'tkazilgan tarixdagi birinchi mundial bo'ladi.

"Bo'lingan dunyoda, FIFA va futbol birlashmoqda", -deydi FIFA prezidenti Janni Infantino ushbu qaror haqida.

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика