So’nggi yangiliklar

09:11"Навбаҳор"нинг Аброр Исмоилов олдида қанча қарзи борлиги маълум бўлди  1 08:32"FourFourTwo" "Барселона" тарихидаги энг яхши футболчилар рейтингини тузди  5 08:13Райс мухлисларнинг норозилиги ҳақида: "Бу менга ёқмади. Мадуэке ҳали нималарга қодирлигини кўрсатади"  0 01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  17 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  19 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  2 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0

Rasman: Jasur Yaxshiboev "Navbahor"ga o'tdi Yangiliklar

Rasman: Jasur Yaxshiboev "Navbahor"ga o'tdi

Kecha "Eshitdik-da!" rukni orqali Jasur Yaxshiboev Namanganning "Navbahor" klubi bilan muzokara olib borayotgani haqida xabar bergan edik.

Eshitdik-da! "Navbahor" Jasur Yaxshiboev bilan muzokara olib bormoqda

Bugun ana shu xabar o'z tasdig'ini topdi. "Navbahor" matbuot xizmati qanot hujumchisi Yaxshiboev jamoaga kelib qo'shilgani haqida malumot berdi.

Jasur 1997 yil, 24 iyunda Toshkent viloyatining CHinoz shahrida tug'ilgan. Jasur Yaxshiboev katta futboldagi faoliyatini 2016 yili "Paxtakor"da boshlagan. Poytaxtliklar tarkibida 2019 yilning yarmigacha to'p tepgan futbolchi o'sha yilning 2-davrasini Olmaliqning AGMK jamoasida o'tkazadi. SHundan so'ng, hujumchi faoliyatini xorijda davom ettiradi. Yaxshiboev 2020 yilgi mavsumni  Belarusning "Energetik-BGU" (Minsk, 1-davra), "SHaxtyor" (Soligorsk) jamoalarida o'tkazadi.

So'ngra faoliyatini Polshaning "Legiya" (Varshava, 2021 yilning 1-davrasi), Moldovaning “SHerif” (Tiraspol, 2021 yilning 2-davrasi, 2022 yilning 1-davrasi) jamoalarida davom ettirgan Jasur Yaxshiboev o'tgan yilning kuzida "SHerif" tarkibida Evropa CHempionlar Ligasining guruh bosqichi bahslarida Madriddagi mashhur "Santyago Bernabeu" stadionida taniqli darvozabon Tibo Kurtuani dog'da qoldirib, "Real" darvozasiga gol urishga muvaffaq bo'lgan va o'sha o'yinda tiraspolliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishgandi.

"SHerif"dan so'ng "Legiya"ga yo'l olgan mahoratli hujumchi bir necha kun oldin polshaliklar bilan tuzilgan shartnomani bekor qilib, yurtimizga qaytishga qaror qildi.

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика