Rasman: Jahongir Jiyamurodov “Zomin” jamoasidan ketdi
24 sen 2020 11:24
Yangiliklar


Rasman: Jahongir Jiyamurodov “Zomin” jamoasidan ketdi
PRO ligada ishtirok etayotgan Jizzax viloyatining “Zomin” jamoasi bosh murabbiy bo'lib ishlab kelgan Jahongir Jiyamurodov rasman jamoa bilan o'zaro kelishib shartnomani bekor qildi.
Tajribali futbolchi va murabbiy Jahongir Jiyamurodov “Zomin” jamoasi bilan 2019 yil PRO liga “B” guruhi “G'arb” mintaqasida guruhda 1-o'rinni egallagan edi. Yil oxirida PRO liga “A” guruhiga o'tish o'yinida finalgacha olib kelgan.
Bu yilgi mavsumdan klub PRO liga o'yinlarida ishtirok etishmoqda. Bosh murabbiy bo'lib o'tgan 5ta tur natijasiga ko'ra, jamoa 1 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat qayd etdi.
PRO liga 6 va 7-turlarda Jiyamurodov “A” licenziya uchun o'qiyotganligi sababli jamoa o'yinlarida zaxira o'rindig'ida yo'q edi.
Jahongir Jiyamurodovga keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz, - deb yozadi “Zomin” PFK matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar