Jahongir Jiyamurodov “Zomin” bosh murabbiyi etib tayinlandi

Оқил Абдубарноев
17 iyul 2022, 23:41
Pro liga ishtirokchisi “Zomin” jamoasida bosh murabbiy almashdi.

Endilikda jamoani yana Jahongir Jiyamurodov boshqaradi. U jamoa Birinchi ligada ishtirok etayotgan vaqtida ham jizzaxliklar safida faoliyat olib borgandi. Jiyamurodovga qadar jamoaga Asqar Umarov ustozlik qilib kelayotgandi. Olgan ma'lumotlarimizga ko'ra, Umarov Jiyamurodovga yordam beradi. 

Shuningdek, sirdaryolik yana bir mutaxassis Abbos Ergashev jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy etib tayinlangan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia