So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Rasman: "Istiqlol" stadionida O'zbekiston kubogi finaliga qadar birorta o'yin o'tkazilmaydi Yangiliklar

Rasman: "Istiqlol" stadionida O'zbekiston kubogi finaliga qadar birorta o'yin o'tkazilmaydi

Har yili bo'lgani kabi yoz chillasidan keyingi 1 oy davomida mamlakatimizdagi futbol maydonlari maysasi qaytadan tiklanish jarayonini boshdan kechiradi.

Boisi havo 45 darajadan yuqori bo'lgan yozning har bir kuni maysa holatini keskin yomonlashtiradi.

7 sentyabr kuni Liga mutaxassislari Farg'onada bo'ldi hamda O'zbekiston kubogining final uchrashuvi oldidan dastlabki tayyorgarlik ishlarini boshladi. Safar davomida Liga qator masalalarni o'z rejasiga kiritdi.

Ayni vaqtda "Istiqlol" stadioni maysasining holati yaxshi emas. Yil davomida maysa talab qilingan ozuqani etarli darajada olmagan, chilla davomida maysa va uning ostki holatida o'zgarishlar yuz bergan. Liga vakillaridan avval stadionga 400 kilogramm urug' etib kelgan bo'lib, ayni vaqtda qo'shimcha maysalar maydon sathi yuzasiga chiqishni boshlagan. Oy davomida maydon mutaxassislar nazorati ostida bo'ladi. U oktyabr oyiga qadar futbol uchrashuvini normal holatda o'tkazishga tayyor bo'lishi ko'zda tutilgan.

Finalga qadar "Qo'qon-1912" klubi mazkur arenada 2 ta, "Neftchi" esa 1 ta uchrashuv o'tkazishi lozim edi. Safar oldidan Liga "Qo'qon-1912" klubi ishtirokidagi uchrashuvlar sanasiga o'zgartirish kiritdi va ularni oktyabr oyidagi FIFA kunlarida o'tkazishga qaror qildi. SHuningdek, "Neftchi"ning "Qizilqum" bilan Superliga doirasidagi o'yinini boshqa stadionga o'zgartirish masalasida klub rahbariyati bilan kelishuvga erishildi. Bu haqda keyinroq alohida malumot beriladi.


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston kubogining bu yilgi finali 5 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. Unda vodiyning ikki klubi "Navbahor" hamda "Andijon" o'zaro bahs olib boradi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика