Rasman: Ispaniyada barcha professional futbol o'yinlari cheklanmagan muddatga qoldirildi
23 mar 2020 17:37
Yangiliklar


Rasman: Ispaniyada barcha professional futbol o'yinlari cheklanmagan muddatga qoldirildi
La Liga va Ispaniya Qirolligi futbol federaciyasi mamlakatdagi barcha o'yinlarni koronavirus pandemiyasi sababli cheklanmagan muddatga qoldirdi.
Mamlakatda vaziyat o'zgarmaguncha va hukumatning tegishli qarori qabul qilinmaguncha barcha professional futbol o'yinlari cheklanmagan muddatga qoldirildi.
Bundan oldin La Liga va pastki divizion o'yinlarining yaqin ikki turi qoldirilgan edi.
Ayni damda, Ispaniyada 33 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalingan va 2 mingdan ortiq inson vafot etgan (dunyo bo'yicha to'rtinchi o'rinda).
"Atalanta" - "Valensiya" o'yini Lombardiyada koronavirusning tarqalishining bosh sababchisimi?
O’xshash yangiliklar

Fikrlar