Rasman: Igalo "Manchester Yunayted"da qoladi

Tolibjon Qosimov
1 iyun 2020, 16:08
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi hujumchi Odion Igalo jamoa safida to'p tepishda davom etishini e'lon qildi.

30 yoshli nigeriyalikning "Shanxay Shenxua"dan ijarasi 2021 yilning 31 yanvariga qadar uzaytirildi.

Klub bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher bu borada shunday dedi: "Ular ("Shanxay Shenxua") Igalo o'zining orzusidagi jamoada to'p tepishi uchun imkon berish maqsadida biz bilan ajoyib munosabatda bo'lishdi. Bu uning orzusi edi. Umid qilaman u biz bilan boshlagan ishini nihoyasiga etkazadi va biz bilan sovrin qo'lga kiritadi".


2020 yilning yanvar oyi oxirida MYU Igaloning 31 maygacha mo'ljallangan yarim yillik ijarasi uchun 3 mln funt to'lagan. O'yinchining o'ziga esa haftasiga 130 ming funt maosh bergan.

Igalo "Qizil iblislar" safida 8 o'yinda ishtirok etdi va 4ta gol urib, bitta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: manutd.com