Rasman: Gonsalo Iguain - "Inter Mayami" futbolchisi
18 sen 2020 18:23
Yangiliklar
Rasman: Gonsalo Iguain - "Inter Mayami" futbolchisi
"Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguain AQSHning "Inter Mayami" klubi bilan shartnoma imzoladi.
Futbolchi MLS'da ishtirok etuvchi klub bilan 2 yillik shartnomaga imzola chekdi. Gonsalo "Yuve" bilan shartnomani o'zaro kelishuv asosida bekor qildi va yangi klubiga erkin agent maqomida o'tdi.
"Inter Mayami"ning xo'jayinlaridan biri Madridning "Real" klubi sobiq o'yinchisi Devid Bekxem hisoblanadi. Iguain Bekxem jamoasida bir mavsumda 7,5 million evro maosh oladi.
32 yoshli forvard "Yuventus" safida 149ta o'yinda maydonga tushib, 66ta gol va 16ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar