Rasman: Gattuzo "Milan"da qoladi

Aslanov Jasurbek
27 iyul 2018, 15:16
"Milan" yangi sport direktori Leonardo jamoa bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo o'z vazifasida qolishini ma'lum qildi.

"Men rahbariyatning fikriga qo'shilaman. Gattuzo murabbiy sifatida qoladi, boshqa nomzodlar muhokama qilinmadi. Gattuzo haqiqiy "milanchi", shu sababli u bizni tark etmaydi" - deydi Leonardo.

Oldinroq, "Milan" yangi egasi klubda xodimlar almashinuvini amalga oshirmoqchi ekanligi e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com