So’nggi yangiliklar

16:43Энрике Клублар ўртасидаги ЖЧ стадионларидаги майдонлар ҳолатидан нолиди  0 16:18ЎФА раҳбарияти Майамидаги ФИФА Ижроия футбол саммитида қатнашди  1 15:56Маскерано: "Интер Майами" дунёнинг энг яхши 16 жамоаси қаторига кирди"  5 15:34"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди?  5 15:14МЮ Мбеумо учун курашда пешқадам ва у учун катта пул ажратишга тайёр  1 14:45Лотар Маттеус "Манчестер Сити"га Тер Штегенни сотиб олишни маслаҳат берди  1 14:17Жонни Эванс МЮда маълум бир лавозимга тайинланади  1 13:48Миш-мишларга қарамай, Маунт МЮни тарк этишни режалаштирмаяпти  4 13:20Илёс Зейтуллаев: "Самарқанддаги 3 очкони жамоавий ғалаба деган бўлардим"  4 13:02Мареска: "АҚШдаги об-ҳаво туфайли машқ қилиш деярли имконсиз"  0 12:34Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди  0 12:07"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи  0 11:39"Манчестер Сити" ҳимоячисининг дисквалификацияси узайтирилди  4 11:19Суперлига. 14-тур ҳакамлари маълум: "Насаф" – "Пахтакор" учрашувини Тўхтасинов бошқаради  26 10:40"Тоттенхэм" 20 ёшли япониялик футболчининг трансфери бўйича келишувга эришди  1

Rasman: Fozil Musaev “Al-Muayzer” bilan shartnoma tuzdi Yangiliklar

Rasman: Fozil Musaev “Al-Muayzer” bilan shartnoma tuzdi

“Bunyodkor” hamda O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Fozil Musaev 18 iyul kuni Qatar Yulduzlar Ligasi debyutanti – “Al-Muayzer” klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Kecha oqshomda klubning yangi o'yinchilari – Musaev va Boliviya termasi pleymeykeri Jasmani Kampos jamoatchilikka rasman tanishtirildilar. Qatarliklarning yana bir haridi – bu CHernogoriya milliy termasi markaziy himoyachisi Djordje Djikanovich. Jamoaga yaqin kunlarda, shuningdek, Lotin Amerikasida kuchli beshlikka kiruvchi bir hujumchi kelib qo'shiladi.

24 yoshli Fozil Musaev “Al-Muayzer” tarkibida o'zi uchun sevimli bo'lgan 18-raqam ostida to'p suradigan bo'ldi.

Mazkur transfer borasida futbolchining agenti Sanat SHaripov quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi: “Bizning oldimizda bir nechta variantlar mavjud edi. Ularni o'rganib chiqib, yakunda “Al-Muayzer” taklifini maqul ko'rdik. Bu jamoa o'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'ygan. Yozgi transfer mavsumida bir qator kuchli legionerlarni harid qildi.

Ko'pchilik yaxshi biladi, hozirda Qatar Yulduzlar Ligasi klublari jahon miqyosidagi futbolchilar bilan boyishmoqda. Raul, Nene (sobiq “PSJ”), Nodir Belxadj, Bakari Kone va boshqa ko'plab yulduzlarni keltirish mumkin. SHu bois ular qatoriga Fozil Musaevning qo'shilishi, menimcha, ijobiy bahoga loyiq. Agar markaziy yarim himoyachimiz yangi jamoasi tarkibida o'zini ko'rsata olsa, qolaversa, milliy termamiz bilan jahon chempionatiga chiqishga erishsa, kelajakda unga yanada kuchli klublardan takliflar bo'lishi turgan gap”.

Yangi jamoasi haqida Musaevning o'zi shunday deydi:
- Bugungi kunda o'zbek futbolining mavqei kun sayin yuksalib bormoqda. Men Qatar chempionatidagi o'z o'yinlarim orqali bu fikr ayni haqiqat ekanligini isbotlash niyatidaman. Klub rahbariyati menga bildirgan ishonchni to'liq oqlashga harakat qilaman.

***

Malumot o'rnida shuni aytish mumkinki, “Al-Muayzer” jamoasini ispaniyalik 61 yoshli mutaxassis Ladislas Losano boshqaradi. Qatar chempionati o'yinlarining boshlanishi esa sentyabrga mo'ljallangan. Ungacha mamlakat klublari SHayx Jassim kubogida qatnashadilar. “Al-Muayzer ” musobaqaning guruh bosqichida “S” guruhida “Al-Sadd” (21 iyul), “Al-Xor” (25 iyul), “Al-Xaritiyat” (2 avgust) va “Al-Mesaymir” (5 avgust) jamoalari bilan bahslashadi. 

B.Tursunov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика