Rasman: Flik "Bavariya" bilan shartnomani uzaytirdi
03 apr 2020 20:45
Yangiliklar
Rasman: Flik "Bavariya" bilan shartnomani uzaytirdi
"Bavariya" matbuot xizmati bosh murabbiy Xans-Diter Flik bilan shartnoma uzaytirilganligini malum qildi.
55 yoshli mutaxassis klub taqdim qilgan 2023 yil yozigacha bo'lgan shartnomaga imzo chekdi. Flik 2019 yil iyulida jamoaning sobiq ustozi Niko Kovachning yordamchisi sifatida klubda ish boshlagandi. Noyabr oyida esa u vaqtinchalik bosh murabbiy bo'lgandi.
25 turdan keyin "Bavariya" Bundesliga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. 2-o'rindagi Dortmundning "Borussiya"si esa 4 ochkoga ortda qoldirilmoqda.
Fikrlar