Rasman: FIFA “SHo'rtan”ga qo'yilgan taqiqni olib tashladi
27 apr 2021 20:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/634012_original.jpg)
![](/upload/storage/634012_220.jpg)
Rasman: FIFA “SHo'rtan”ga qo'yilgan taqiqni olib tashladi
Bu haqda PFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev o'z sahifasi orqali xabar bermoqda.
“FIFA va nihoyat “SHo'rtan” futbol klubiga qo'yilgan taqiqni rasman olib tashladi. Vorivonchik ham, Kriushenko ham pulni olganini tasdiqladi.
So'nggi 5 oyda 5 ta klub FIFA taqiqidan qutildi: "Qo'qon-1912", "Neftchi", "Andijon", "Surxon", "SHo'rtan". Ayni vaqtda FIFA taqiqi bor klubimiz qolmadi. Oldinda esa klublar ustidan yana kim qanday shikoyat qilishini vaqt ko'rsatadi. PFL esa 2022 yildan boshlab bu boradagi talablarni qatiylashtirish bo'yicha O'FA Ijroqo'miga taklif tayyorlamoqda”, deb yozadi Diyor Imomxo'jaev.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar