Rasman: Eldor SHomurodov "Roma" futbolchisi!
03 avg 2021 02:24
Yangiliklar
"Roma" klubi rasman Eldor SHomurodovning transferini elon qildi.
"26 yoshli Eldor SHomurodov 17.5 mln evro evaziga "Roma" klubiga o'tdi. O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi 5 yillik, 2026 yilning 30 iyuniga qadar davom etuvchi shartnoma imzoladi. Bitim tarkibida yaxshi o'yin ko'rsatgani uchun bonuslar ham bor. Bundan tashqari, "Jenoa" klubi futbolchining keyingi transferidan malum miqdorda foyda ko'radi", -deyiladi klub bayonotida.
SHomurodovning o'zi ham yangi klubga o'tganiga munosabat bildirdi.
"Roma" klubiga o'tishim faoliyatimdagi katta qadam. Men klub uchun qo'limdan kelgan barcha narsani qilaman. Dunyoning eng katta klublaridan birida berilgan imkoniyatga loyiq ekanligimni isbotlayman. Mening "Roma"ga o'tishga bo'lgan ishtiyoqim sabab bu bitim juda tezda amalga oshdi. Yangi jamoadoshlarim va murabbiy bilan tezroq til topishib ketishga oshiqmoqdaman", -deydi Eldor SHomurodov.
Eldor SHomurodov "Roma" tarkibida 14 raqamda to'p suradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar