So’nggi yangiliklar

23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  0 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  1 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   27 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  39 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  3 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  30 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  3 17:48"Реал" собиқ футболчиси энди Машарипов ва Ашурматов билан бир жамоада ўйнайди  3 17:19"Реал"га яна "йўқ" дейишди  7 16:43Дамир Темиров: "Шацкихни бир сўз билан айтганда — топ мураббий"  9

Rasman: Botirali Ergashev "Qo'qon-1912"ga o'tdi Yangiliklar

Rasman: Botirali Ergashev "Qo'qon-1912"ga o'tdi

Superliga jamoalari yangi mavsum oldidan tarkibni shakllantirishda davom etmoqda.

"Dinamo" klubi azosi hamda O'zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod darvozabon Botirali Ergashev 2020 yilgi mavsumni Superligada o'tkazadigan bo'ldi.

O'tgan mavsumning ikkinchi davrasidan oldin Samarqand jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan Botirali Ergashevga yangi mavsum oldidan bir qator klublardan taklif tushdi, muzokaralardan keyin kiper "Dinamo" klubi tomonidan 1 yillik ijara asosida "Qo'qon-1912" jamoasiga berildi. 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo chempioni hisoblangan 24 yoshli darvozabonning transfer huquqi "Dinamo" klubida qoladi. Bu haqda Samarqand klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Malumot uchun, Botirali Ergashev 2019 yilgi mavsumda "Dinamo" safida 22 o'yinda maydonga tushgan bo'lib, PFL va "Sportstat" tahlil-markazi malumotiga ko'ra, Superliganing o'tgan mavsumida eng ko'p – 55 marta seyv amalga oshirgan darvozaboni bo'ldi.


Eslatib o'tamiz, Botirali Ergashev "Dinamo" klubi matbuot xizmati tomonidan 2019 yil yakunida muxlislar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma yakunlariga ko'ra, "Dinamo"ning 2019 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi" deb topilgandi.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика