Rasman: “Benfika” hujumchisi Taliska Xitoy klubiga o'tdi
09 iyu 2018 08:05
Yangiliklar
“Benfika” jamoasiga tegishli bo'lgan Anderson Taliska faoliyatini ijara asosida “Guanjou Evergrand”da davom ettiradi. Bu haqda Xitoy klubi rasmiy sayti xabar berdi.
Taliskaning ijara shartnomasi muddati 6 oyga mo'ljallangan.
So'nggi ikki mavsumda Taliska “Beshiktosh”da ijara asosida harakat qilib, 37 ta gol urib, 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar