

"Saudiya Arabistoni chempionati hech qachon MLSdan kuchsiz bo'lmagan. Bu yerda solishtirishning o'zi noto'g'ri.
Messi o'ynayotgan ligada ayrim futbolchilar o'qishini davom ettirib futbol o'ynashadi. Mana shuning o'zi chempionatlardagi farqni ko'rsata olsa kerak", - dedi Taliska.
Futbolchi "Fenerbahche"ga qadar Krishtianu Ronaldu bilan "Al Nassr"da birga o'ynagan.
2024 yil fevralida "Al Nassr" hamda "Inter Mayami" o'rtoqlik o'yini o'tkazgan va unda saudiyaliklar 6:0 hisobida g'alabaga erishgan.



