So’nggi yangiliklar

11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  0 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3

Rasman: Aziz Turg'unboev "Navbahor" bilan shartnoma imzoladi Yangiliklar

Rasman: Aziz Turg'unboev "Navbahor" bilan shartnoma imzoladi

Ayni paytda Namanganning "Navbahor" jamoasi Toshkentda 2-davra bahslariga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda.

Ushbu o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida "Navbahor" murabbiylari bir qator yangi futbolchilarni ko'rikdan o'tkazishmoqda. Murabbiylar shtabida yaxshi taassurot qoldirgan o'yinchilar bilan shartnoma imzolanmoqda.

"Navbahor" lageridan darak: Turg'unboev qaytdi, O'runov ketish arafasida

Kuni kecha 2 nafar futbolchi "lochinlar" bilan kelishuvga erishib, shartnomaga imzo chekdi. Bular – yarim himoyachi Azizbek Turg'unboev va hujumchi SHerzod Hakimov.

Azizbek Turg'unboev – 1994 yilning 1 oktyabrida Namangan viloyatining Pop tumanida tug'ilgan. 2015 – 2018 yillarda "Navbahor"da to'p tepgan. SHu kungacha Turg'unboev jamoa tarkibida 72ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol urgan.

Azizbek joriy yilning fevralida 2ta klub ("Navbahor" hamda "Paxtakor") bilan shartnoma imzolagani bois, O'FA tomonidan 9 iyulgacha futbolga oid har qanday faoliyatdan chetlatilgandi.

Aziz Turg'unboev, Irismetov va Sarikov 6 oyga, Mo'minjonov 1 yilga futboldan chetlatildi

Diskvalifikaciya muddati yakunlanganidan so'ng, mahoratli yarim himoyachi namanganliklarning Toshkentdagi yig'iniga qo'shildi va faoliyatini yana qadrdon jamoasida davom ettiradigan bo'ldi.

SHerzod Hakimov – 1987 yilning 13 martida Farg'onada tug'ilgan. 2006-2018 yillarda Farg'onaning "Neftchi" klubida o'ynagan. SHuningdek, 2014 yilning 1-davrasida "Olmaliq"da to'p tepgan.

Tajribali hujumchi joriy mavsumning 1-davrasini Termizning "Surxon" jamoasida o'tkazdi va 12ta bahsda maydonga tushib, 3ta gol urgan.

"Biz bo'lajak uchrashuvlarda mazkur futbolchilarning chiroyli o'yinlari va gollari bilan "lochinlar"ning g'alabalariga munosib hissa qo'shishlarini tilab qolamiz", - deyilgan klub matbuot xizmati bergan xabarda.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика