Rasman: "Atletiko" futbolchisi "Osasuna"ga o'tdi
17 avg 2021 15:57
Yangiliklar
Rasman: "Atletiko" futbolchisi "Osasuna"ga o'tdi
"Atletiko" himoyachisi Manu Sanches "Osasuna"ga o'tdi.
Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
20 yoshli o'yinchi 2021/22 yilgi mavsumni yangi jamoasida ijara asosida o'tkazadi. Manu Sanches 2014 yildan beri "Atletiko" tizimida o'ynaydi va klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Futbolchining klub bilan shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan. Sanches "Atletiko" tarkibida barcha musobaqalarda 6ta o'yinda maydonga tushgan.
U 2020/21 yilgi mavsumning ikkinchi qismini "Osasuna"da o'tkazgan va La Liga doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushgan.
Fikrlar