Rasman: "Atletiko" Felipeni sotib oldi
03 iyu 2019 14:27
Yangiliklar


Rasman: "Atletiko" Felipeni sotib oldi
"Atletiko" braziliyalik Felipe Monteyroning transferini elon qildi.
Bu haqda madridliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi. 30 yoshli braziliyalik ertaga klub bilan 3 yilga mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi.
Transfer 20 million evroga baholanmoqda. O'yinchi tez orada "matraschilar" tarkibiga kelib qo'shiladi va jamoa bilan yangi mavsumga tayyorgarlik ko'radi.
Felipe yakunlangan mavsum "Portu" safida Portugaliya chempionatida 31ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assistga erishgan. U bu o'yinlarda 10ta sariq kartochka olgan. Futbolchi bundan oldin Braziliyaning "Bragantino" va "Korintians" klublarida o'ynab ulgurgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar