Rasman: "Atletiko" Belgiya terma jamoasi o'yinchisi bilan shartnoma imzoladi
26 jan 23:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/778231_original.jpg)
![](/upload/storage/778231_220.jpg)
Rasman: "Atletiko" Belgiya terma jamoasi o'yinchisi bilan shartnoma imzoladi
Belgiya terma jamoasi o'yinchisi Artyur Vermeren "Atletiko"ga o'tdi.
Yarim himoyachi bilan olti yarim yillik shartnoma imzolandi. Qayd etish kerakki, Madrid grandi o'yinchi uchun kurashda "Barselona" va "Arsenal"dan ustun keldi.
Insayder Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, "Antverpen" 18 mln evro oladi, yana 5 mln bonuslar sifatida ko'zda tutilgan. Belgiya klubi shuningdek keyingi sotuvdan 10%iga ega chiqadi.
18 yoshli Vermeren joriy mavsum Belgiya chempionatida 21ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
13:37
La Liga eng ko'p maosh oluvchi futbolchilar TOP-10 - ro'yxatda "Atletiko"dan bitta futbolchi bor 1
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar