Rasman: "Arsenal"ning ijaradagi futbolchisi ortga qaytdi
01 iyu 2020 16:36
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/578163_original.jpg)
![](/upload/storage/578163_220.jpg)
Rasman: "Arsenal"ning ijaradagi futbolchisi ortga qaytdi
19 yoshli himoyachi Vilyam Saliba "Sent-Eten"dan "Arsenal"ga qaytdi.
Franciyalik futbolchi "yashillar" safida 2019/20 yilgi mavsumni ijara asosida o'tkazdi.
"To'pchilar"ning xabariga ko'ra, londonliklar francuzlar bilan o'yinchining Franciya Kubogi finalida o'ynashi borasida muzokaralar olib borishgan. Ammo, yakunda kelishuvga erishilmadi.
"Sent-Eten" mamlakat Kubogi finalida poytaxtning PSJ jamoasi bilan o'ynaydi. O'yin 24 iyul kuni "Stad de Frans"da bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, himoyachi muddatidan oldin yakuniga etgan Franciya chempionatida 12ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar