Rasman: AQSH JCH ishtirokchisi hisoblangan davlat ishqibozlarini mamlakatga kiritmaydi
23 noy 16:31
Yangiliklar
Rasman: AQSH JCH ishtirokchisi hisoblangan davlat ishqibozlarini mamlakatga kiritmaydi
Gaiti terma jamoasi 52 yil o'tib, ilk bor (tarixida ikkinchi marta) musobaqaning final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgandi. Biroq ushbu terma jamoa muxlislari AQSHga kirishda muammolarga duch keladigan ko'rinadi.
Gap shundaki, shu yilning iyun oyida Donald Tramp 12 davlat fuqarolariga mamlakatga kirishni taqiqlovchi hujjatga imzo chekkandi. Bunday harakat milliy xavfsizlikni taminlash uchun zarur chora-tadbirlar ekanligi takidlangandi. Ro'yxatdagi davlatlar orasida Gaiti davlati ham bor.
Endi esa barchasi rasman o'z tasdig'ini topdi — prezident Donald Tramp administraciyasi qarorga o'zgartirish kiritmasligi va u yoki bu davlat uchun istisno qilinmasligini malum qildi.
Boshqa tomondan bu qaror terma jamoa azolari va AQSHda istiqomat qiluvchi gaitiliklarga tasir qilmaydi. Qo'shma shtatlarda esa gaitiliklarning kattagina diasporasi bor. Demak, Gaiti terma jamoasi mundialda butkul muxlislarsiz qolib ketmaydi.
Gaiti tarixda birinchi va hozircha yagona marta 1974 yilda jahon chempionatida ishtirok etgan. Guruhning uchala o'yinida ham mag'lub bo'lgan bo'lsada, gaitiliklar 2 bor raqiblari darvozasini ishg'ol etishni uddalagan.
Xorijiy manbalar asosida tayyorlandi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига-2025. "Нефтчи" — Ўзбекистоннинг олти карра чемпиони!
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
ФИФА Роналду мухлисларининг танқидлари ортидан Жаҳон чемпионати постерини ўчириб ташлади
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar