Rasman: AQSH JCH ishtirokchisi hisoblangan davlat ishqibozlarini mamlakatga kiritmaydi

Omonjon To`xtamirzayev
23 noya 2025, 16:31
Xabaringiz bor, bo'lajak mundialga AQSH, Kanada hamda Meksika mamlakatlari mezbonlik qiladi.

Gaiti terma jamoasi 52 yil o'tib, ilk bor (tarixida ikkinchi marta) musobaqaning final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgandi. Biroq ushbu terma jamoa muxlislari AQSHga kirishda muammolarga duch keladigan ko'rinadi. 

Gap shundaki, shu yilning iyun oyida Donald Tramp 12 davlat fuqarolariga mamlakatga kirishni taqiqlovchi hujjatga imzo chekkandi. Bunday harakat milliy xavfsizlikni taminlash uchun zarur chora-tadbirlar ekanligi takidlangandi. Ro'yxatdagi davlatlar orasida Gaiti davlati ham bor.

Endi esa barchasi rasman o'z tasdig'ini topdi - prezident Donald Tramp administraciyasi qarorga o'zgartirish kiritmasligi va u yoki bu davlat uchun istisno qilinmasligini ma'lum qildi.

Boshqa tomondan bu qaror terma jamoa a'zolari va AQSHda istiqomat qiluvchi gaitiliklarga ta’sir qilmaydi. Qo'shma shtatlarda esa gaitiliklarning kattagina diasporasi bor. Demak, Gaiti terma jamoasi mundialda butkul muxlislarsiz qolib kyetmaydi.

Gaiti tarixda birinchi va hozircha yagona marta 1974 yilda jahon chempionatida ishtirok etgan. Guruhning uchala o'yinida ham mag'lub bo'lgan bo'lsada, gaitiliklar 2 bor raqiblari darvozasini ishg'ol etishni uddalagan.


Xorijiy manbalar asosida tayyorlandi

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia